11:00 / 15.04.2020
34782
«O‘zmetkombinat» AJ dan manfaatli taklif: YaTT va tashkilotlar diqqatiga!

«O‘zmetkombinat» Aksionerlik jamiyati sizga beton va qurilish eritmalari ishlab chiqarishda foydalanish uchun faol kimyoviy mineral qo‘shimchalarga ega bo‘lish va foydalanish taklifini ko‘rib chiqishingizni tavsiya etadi. Mahsulotni korxonamiz hududidan to‘lovlarsiz (bepul) olib ketishingiz mumkin.

Ushbu mahsulotdan sanoatda qanday foydalansa bo‘ladi?

Kondensatlangan Mikrokremnezem (MK-85) – bu kulrang ultrafin amorf silika kukunidir. MK-85 dan foydalanish quyidagi afzalliklarni yaratadi:

• O‘ta chidamli va suv o‘tkazmaydigan betonlar olish (baland binolar, yo‘l o‘tkazgichlar, ko‘priklar, metro uchun dubellar, poydevorlar);

• Betonning kislotalarga va yuqori haroratga chidamliligini oshirish (kimyoviy zavodlardagi qurilishlar, metallurgiya sexlari qurilishi);

• Eritma va betonning mustahkamligini saqlab qolgan holda, uning bir qismini alternativ (30-40% gacha) to‘ldirish (neft va gaz konlarida, quduq simlarini betonlashda);

• Qattiq va ayniqsa harakatchan aralashmalardan tayyorlangan beton buyumlar sifatini yaxshilash (ayniqsa zilzila xavfi yuqori joylarda, aerodromlar va raketalar uchadigan maydonlar qurilishida);

• Beton mahsulotlarini issiqlik bilan ishlov berish paytida ishlov davomiyligini kamaytirish orqali energiyani tejash;

Mahsulotning texnik ko‘rsatkichlari

“MK-85” ning kimyoviy tarkibi

Qo‘shimcha manfaatli taklif

Bundan tashqari, "O‘zmetkombinat" AJ tadbirkorlarimizga ferrosilitsiy va po‘lat simlarni hamda turli hajm, shakl va o‘lchamdagi metall mahsulotlarni yetkazib beradi. 

Shuningdek, tadbirkorlarimiz metallom to‘plash va "O‘zmetkombinat" AJ ga topshirish orqali ham daromadga ega bo‘lishlari mumkin. Ushbu biznes sizga katta manfaat keltirishiga ishonamiz. 

Mahsulot sotib olishga qiziqdingizmi? U holda, quyidagi bog‘lanish ma'lumotlari orqali bizga murojaat qiling va o‘zaro manfaatli munosabatlarni bugunoq o‘rnatamiz!

Bog‘lanish uchun:

marketing@uzbeksteel.uz

+998 90 944 84 46 Abdullajon, mikrokremnezem bo‘yicha

+998 91 190 30 07 Ibrohimjon IKM, metallolom bo‘yicha

 

Reklama huquqi asosida

Top