20:54 / 15.04.2020
56085

Qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari shaxsiy transportda harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinmaydi

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasi qishloq ho‘jaligi sohasida band bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi.

Foto: KUN.UZ

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoniga ko‘ra, N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari, shuningdek, mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.

Agar, Siz bu toifadagi transport vositalarida yuklarni tashish yoki yo‘l-patrul xizmati statsionar postlaridan o‘tishda turli ko‘rinishdagi to‘sqinlik yoki cheklovlarga duch kelsangiz, zudlik bilan, 71. 267-65-30, 71. 268-00-36 telefon raqami orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan tezkor shtabga murojaat qiling.

Shu bilan birga, ushbu masalada Ichki ishlar vazirligining 1102, Bosh prokuraturaning 1007 yoki O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi va Savdo-sanoat palatasining 1100 qisqa raqamli «ishonch telefon»lariga ham murojaat qilishingiz mumkin.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top