14:51 / 15.04.2020
7121
Telegram'dan o‘zbek tilida foydalanish imkoniyati yaratildi

Hozirda messenjerning Android va iOS tizimlarida ishlovchi oxirgi versiyalarini o‘rnatish orqali ilovani o‘zbek tiliga o‘tkazish mumkin. Telegram Desktop ham tez orada bunday imkoniyatga ega bo‘ladi.

Interfeysni o‘zbekchaga o‘zgartirish uchun quyidagi ketma-ketlikni bajarish zarur:

Settings → Language → O‘zbek
Nastroyki → Yazyk → O‘zbek

Istalgan kishi tarjimalar platformasi orqali Telegram'ning o‘zbekcha talqinini mukammallashtirishga ko‘maklashishi mumkin.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi eng ommabop messenjer sanaluvchi Telegram`ning faol foydalanuvchilari soni 2018 yil mart oyi holatiga ko‘ra 200 milliondan ziyodni tashkil etgan. 2017 yil avgustida ilova asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilar soni kuniga 600 ming kishidan oshib borayotganini ma'lum qilgandi.

Top