22:47 / 16.04.2020
2734
Germaniya JSSTni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni oshirishga tayyorligini bildirdi

Avvalroq Irlandiya JSST budjetiga to‘laydigan badali miqdorini to‘rt baravarga ko‘paytirishini bildirgandi.

Foto: Reuters

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Germaniya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini qo‘llab-quvvatlashni oshirishga tayyorligini ma'lum qildi.

"Biz keyingi haftalarda JSSTni qo‘llab-quvvatlashni oshirgandik va tashkilotni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni oshirishga va'da berdik", - dedi Maas.

Avvalroq Irlandiya JSST budjetiga to‘laydigan badali miqdorini to‘rt baravarga ko‘paytirishini bildirgandi.  

Seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington JSST budjetiga badallar to‘lashni to‘xtatayotganini ma'lum qildi.

Top