21:09 / 16.04.2020
5519

Lufthansa bir yarim yilga Airbus A340 samolyotlaridan foydalanishdan voz kechdi

Aviakompaniyada jami 17 dona Airbus A340-600 samolyoti bo‘lib, ularning barchasi yaqin 2-3 oy ichida Terueldagi turargohga joylashtiriladi.

Foto: Getty Images

Koronavirus sababli Lufthansa aviakompaniyasi bir yoki bir yarim yilga uzoq masofaga mo‘ljallangan Airbus A340-600 samolyotlaridan foydalanishdan voz kechdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ana shu turdagi uchta samolyot Terueldagi ulkan samolyotlar turargohiga yo‘l oldi.

Aviakompaniyada jami 17 dona Airbus A340-600 samolyoti bo‘lib, ularning barchasi yaqin 2-3 oy ichida Terueldagi turargohga joylashtiriladi.

Teruelda bir yilda o‘rtacha  240 kun quyoshli bo‘lgani va yog‘ingarchilik kamligi bois bu hudud samolyotlarni uzoq vaqt davomida saqlash uchun qulay hisoblanadi, deb izohladi avikompaniya.

Fevral oxirida Lufthansa parvozlar bekor bo‘lgani sababli xarajatlarni qisqartirishini ma'lum qilgandi. Aprel boshida aviakompaniya 87 ming nafar xodimining ish soatini qisqartirdi. 8 aprel kuni esa Germanwings loukosterini yopishga qaror qildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top