14:31 / 16.04.2020
12208
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlanmoqda

Koronavirus pandemiyasi sharoitida dunyoning ko‘plab aviakompaniyalarining yo‘lovchi tashish xizmatlari qisqardi yoki butunlay to‘xtatildi. 

Foto : KUN.UZ

Natijada, ular yo‘lovchi tashuvchi samolyotlarni yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlamoqdalar. Xususan, «O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasi ham bort raqami UK-67003 bo‘lgan Boeing 767-33P(ER) yo‘lovchi samolyotini yuk tashishga moslashtirish maqsadida qayta jihozlash ishlarini o‘tkazyapti. Texnik mutaxassislar salondagi yo‘lovchi o‘rindiqlari va to‘siqlarni olib tashlab, maxsus alyumin pol qoplamasini o‘rnatishmoqda. 

Ma'lumot o‘rnida, «O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasi Airbus A300-600F  va 2ta Boeing 767-300BCF yuk tashuvchi samolyotlariga ega.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top