17:19 / 16.04.2020
11785
Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan sog‘aydi. Tuzalganlarning jami soni 129 nafarga yetdi

Toshkentda koronavirus aniqlangan 70 yoshli bemor infeksiyadan to‘liq xalos bo‘ldi. Jami sog‘ayganlar soni 129 nafarga yetdi.

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 1 nafar bemor butkul sog‘aydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, sog‘aygan bemor 70 yoshda bo‘lib, Toshkent shahrida yashaydi. U muloqot orqali koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar unda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, ushbu klinikada hozirga qadar darddan forig‘ bo‘lganlar 11 nafarga yetdi.

«Ayni paytda klinikada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro stantdartlar asosida muolajalar olib borilmoqda. Bunda malakali pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi mutaxassislar bilan telemuloqot o‘rnatilib, zarur tavsiyalarni olinmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun jami 22 kishi kasallikdan to‘liq xalos bo‘lib, reabilitatsiyaga jo‘natildi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 129 nafarga yetdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top