10:19 / 16.04.2020
3465
XTV uyda yakka tartibda ta'lim olishni tashkil etish tartibi haqida ma'lumot berdi

Uyda yakka tartibda ta'lim berishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning ta'lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta'minlash hamda ularning ta'lim olishlari uchun zarur sharoit yaratishdan iborat

Xalq ta'limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta'lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015 yil 30 iyunda 2691-son bilan Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qaroriga asosan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta'lim olishlari tashkil etiladi.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, uyda yakka tartibda ta'lim olish jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra doimiy yoki vaqtincha umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qatnay olmaydigan bolalar uchun tashkil etiladi.

O‘quvchilarning ta'lim olish huquqini ta'minlash maqsadida maktabning tegishli sinfida o‘qiyotgan bolalardan ikki yoshga oshgan o‘quvchilarni ham ushbu sinfda uyda yakka tartibda ta'lim olishga jalb qilishga ruxsat etiladi.

Uyda yakka tartibda ta'lim berishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning ta'lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta'minlash hamda ularning ta'lim olishlari uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.

Quyidagilar uyda yakka tartibda ta'lim berishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standartlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maxsus ta'lim talablariga muvofiq bilim olishlarini ta'minlash;

barkamol, jismonan va ma'naviy sog‘lom shaxsni voyaga yetkazish, o‘quvchilarda madaniy-ma'rifiy qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish;

ta'lim berish jarayonida o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalovchi dars jadvaliga rioya etilishini ta'minlash.

 O‘quvchilarning uyda yakka tartibda ta'lim olishini tashkil etish

 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 10 iyundagi “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta'lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (30.06.2015 yil, 2691-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) asosan tashkil etiladi.

Maktab direktorlari maktab joylashgan hududda yashaydigan o‘quvchilarni aniqlaydilar, ro‘yxatga oladilar hamda ularni uyda yakka tartibda ta'lim olish uchun jalb qilish choralarini ko‘radilar.

O‘quvchini uyda yakka tartibda ta'lim olishini belgilash uning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasiga asosan tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

Uyda yakka tartibda ta'lim berishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning ta'lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta'minlash hamda ularning ta'lim olishlari uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.

Top