16:00 / 17.04.2020
3285
“ASIA POLYPLAST”: Mahsulotlarimiz 50 yil ishlatilishiga to‘la kafolat beramiz

“ASIA POLYPLAST” brendini bugun ko‘pchilik yaxshi biladi. Iste'molchilar ko‘nglidan joy olish borasidagi 8 yillik izlanishlar ushbu savdo belgisining bozordagi mavqeyini mustahkamlab, o‘z o‘rnini topish imkonini berdi.

Aslida hammasi juda oddiy boshlangan edi. 

2011 yil. Iste'mol bozorida plastmassa mahsulotlariga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib borayotgandi. Xuddi shu vaqtda tashkil etilgan “ASIA POLYPLAST” MChJ sifatli, jahon andozalariga mos plastmassa mahsulotlari bilan bozorga kirib keldi.

2017 yili “ASIA POLYPLAST” MChJ faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarib, mahsulotlari dizaynini yangiladi. Germaniyaning “Leistritz Extrusionstechnik GmbH” va Italiyaning “PLAS MEC S.R.L.” kompaniyalaridan olib kelingan zamonaviy uskunalarda bugungi kunda turli rangdagi masterbatch tipidagi plastmassalar hamda kompaundlar katta hajmda ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda korxonada yuqori samaradorlikka ega 70 turdan ortiq rangli, shuningdek, oq va qora masterbatchlar hamda turli xil kompaundlar ishlab chiqarilmokda. Germaniyalik tajribali texnologlar masterbatchlarni ishlab chiqarish jarayonida shaxsan ishtirok etishmoqda.

Korxonaning yutuqlari faqat shulardangina iborat emas. “ASIA POLYPLAST” MChJ ichki bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda Turkiyadan zamonaviy texnologiyalarni keltirib, 2019 yilda “PREMIUM PIPE” brendi ostida issiq va sovuq suv ta'minoti uchun diametri 20 mm.dan-125 mm.gacha bo‘lgan polipropilen quvurlari va fitinglari, issiq pol tizimi uchun PeX va PeRT quvurlari hamda oqova suvlari uchun PVX quvurlari va fitinglari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 

Hozir ushbu korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yurtimizning istalgan hududida uchratish mumkin. Mahsulotlar xaridorlar talabiga mos sifatda ishlab chiqariladi. E'tiborlisi, korxona mahsulotlari 50 yil ishlatilishiga to‘la kafolat beradi. Faqat buning uchun ularni tashish, montaj va ekspluatatsiya qilish, ishlatish shartlariga to‘liq rioya qilinishi kerak. 

“ASIA POLYPLAST” MChJ korxonasida ishlab chiqariladigan mahsulotlar qurilish, sanoat va xalq xo‘jaligining boshqa ko‘plab sohalarida foydalaniladi. Mahsulot sifati va korxona ishlab chiqarish quvvati mahalliy bozorni ta'minlabgina qolmay, “PREMIUM PIPE” brendi ostida qo‘shni davlatlar bozorlariga ham kirib bordi. 

“ASIA POLYPLAST” korxonasi mahsulotlari bozordagi ana shunday mahsulotlardan ko‘ra yengil, montaj va demontaj uchun qulay, tovush va yorug‘lik izolyatsiyasini ta'minlaydi. Havo harorati va boshqa kimyoviy moddalar mahsulot sifatiga ta'sir qilolmaydi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan quvur, fiting va boshqa mahsulotlar zanglamaydi, o‘ziga turli moddalarni tortib olmaydi, atrof-muhitni ifloslantirmasligi bilan ekologik toza maxsulotlar qatoriga kiradi. 

“ASIA POLYPLAST” mas'uliyati cheklangan jamiyatining ahil jamoasi eng so‘nggi rusumdagi ilg‘or zamonaviy texnologiyalar hamda sifatli xomashyo mahsulotlaridan foydalangan holda tajribali chet ellik mutaxassislar bilan birgalikda har qanday nozik didli mijozga ma'qul mahsulotni taqdim qila oladi. Buyurtmalarni qisqa muddatlarda tayyorlab berish esa mijozlarimizga atalgan bonusimizdir.

Batafsil ma'lumotlar uchun telefon raqamlarimiz: 

+99890 346-62-26; +99898 188-85-88

Reklama huquqi asosida

Top