00:52 / 17.04.2020
3688
Covid-19’dan so‘ng ofislar «ikki metr qoidasi» bo‘yicha rivojlanishi taxmin qilinmoqda

Cushman & Wakefield xalqaro konsalting kompaniyasi «ikki metr qoidasi» (6-Feet-Office)ga asoslangan ofis muhitining yangi konsepsiyasini taklif qildi.

Foto: Cushman & Wakefield

Konsepsiyani niderlandlarning C&W ofisi koronavirus pandemiyasi sharoitida ish joylarida infeksiya tarqalmasligi uchun ishlab chiqqan, deyiladi tahlilchilarning xabarida.

Yangicha yondashuv xodimlar va ish beruvchilarga masofadan turib ishlash xavfsiz ofisga qaytish, ish muhitini ijtimoiy masofalashuvning yangi talablariga moslashtirishda yordam berishni maqsad qilgan.

Press-relizda qayd etilishicha, «ikki metr qoidasi» o‘zida asosiy 6 prinsipni jamlagan.

Foto: Cushman & Wakefield
Foto: Cushman & Wakefield

Birinchi qoida — bu dezinfeksiya vositalarini ishlatish. Ikkinchisi — kesishmaydigan oqimlar hosil qilish: ofis bo‘ylab ko‘rsatkichlar bo‘yicha harakatlanish yo‘lga qo‘yiladi. Uchinchi qoidaga ko‘ra, ish o‘rinlari bir-biridan 2 metr masofada joylashtiriladi, polda esa har bir xodimning shaxsiy xavfsizlik chegaralari belgilab chiqiladi.

To‘rtinchi qoida — ofis bo‘ylab qat'iy soat mili yo‘nalishida harakatlaniladi. Beshinchisi — muzokara xonalaridan boshqa insonlar bilan aloqani minimallashtiruvchi maxsus yo‘riqnoma bo‘yicha foydalaniladi. So‘nggi, oltinchi qoidaga ko‘ra, xodimlar o‘z noutbuklarini har kuni uylariga olib ketishlari kerak. Bundan tashqari, ish o‘rni yuzasiga to‘shash uchun shaxsiy bir martalik qog‘oz qoplamalardan foydalanishlari zarur, deyishmoqda tahlilchilar.

COVID-19 tufayli ofislarda open space (ochiq maydon) juz'iy ravishda kamayadi, deydi CFC’ning rivojlanish bo‘yicha direktori Mariya Borisova.

Uning fikriga ko‘ra, bu format ofisning asosiy zonasidan yordamchi zonaga aylanadi va yangi turli formatdagi muhitlar bilan boyiydi.

Foto: Cushman & Wakefield

 

 

Top