10:26 / 17.04.2020
42291
Farg‘ona vodiysida yer silkinishi qayd etildi

Toshkent vaqti bilan soat 09:34da O‘zbekistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi 

Farg‘ona vodiysida yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.

2020 yil 17 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:34da O‘zbekistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. Koordinatalar 41,02 gradus shimoliy kenglik, 71,75 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4. Chuqurlik h=10 km. Toshkentgacha masofa 214 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Namangan: 7 km, 4 ball.
Andijon: 57 km, 2 ball.
Farg‘ona: 71 km, 2 ball.

Top