14:57 / 17.04.2020
10179
Ispaniya hukumati aholiga pul tarqatishni boshlaydi

«Hukumat asosiy xarajatlarini qoplashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan oilalar oldida majburiyatni o‘z zimmasiga oladi», - deyiladi hukumat bayonotida.

Foto: AFP/Getty Images

Ispaniya hukumati may oyidan «eng kam yashash minimumi» miqdorida daromad topadigan oilalarga pul tarqatishga va'da berdi. Bu haqda El Mundo gazetasi xabar qildi. Yordam muntazam ravishda ko‘rsatiladi va uni 1 milliondan ortiq oila oladi.

«Hukumat asosiy xarajatlarini qoplashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan oilalar oldida majburiyatni o‘z zimmasiga oladi», — deyiladi hukumat bayonotida.

Eng kam yashash minimumi miqdori qanchaligi aytilmadi. El Pais gazetasining ma'lumot berishicha, amaldorlar o‘tgan haftada 500 yevro mablag‘ni muhokama qilgan.

Ispaniyada to‘rt haftadan ortiq vaqtdan buyon karantin rejimi amal qilmoqda. 16 aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda 180 mingdan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 19 mingdan ortiq kishi vafot etgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top