16:41 / 17.04.2020
4290

Lukashenko amaldorlarni pandemiya sharoitida iqtisodiyotni unutmaslikka chaqirdi

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirusga chalinganlar soni 4204 nafarni tashkil etmoqda, 40 kishi vafot etgan.

Foto: EPA / TASS

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko amaldorlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurash fonida mamlakat iqtisodiyotini unutmasliklari kerakligini aytdi.

"Ishlab chiqarish barbod bo‘lmasligi uchun iqtisodiyotga qaranglar", - dedi u Grodno oblastiga tashrifi chog‘ida.

Lukashenko bu qishloq xo‘jaligiga ham taalluqli ekanini ta'kidladi.

"Zotiljam ketadi, non esa kerak. Qishloqdan xavotir olayotganim yo‘q. Ishlayapmiz. Ammo sanoat... Chunki atrofda hamma narsa to‘xtab qoldi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirusga chalinganlar soni 4204 nafarni tashkil etmoqda, 40 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top