18:20 / 17.04.2020
7203
Netdoc.uz elektron hisob-fakturalar almashinuvining qulay shaklini taqdim etmoqda

Hisobchilik sohasida elektron hujjat almashinuvi o‘rni juda katta. Netdoc.uz plastformasi kompaniyalar o‘rtasida hujjatlar almashinuvining zamonaviy shaklini joriy qilgan va muvaffaqiyatli qo‘llab kelmoqda. Bu jarayonda eng zamonaviy texnologiyalarga suyaniladi.

Tizimning afzalliklari nimada?

·        Huquqiy maqom: elektron hisob-fakturalar ham xuddi qog‘oz shakldagisi bilan teng kuchga ega amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan;

·        Hisob-fakturalarni jo‘natish va qabul qilish: Siz uzog‘i bilan 3 daqiqa ichida bu hujjatni imzolashingiz, jo‘natishingiz yoki qabul qilib olishingiz mumkin;

·        Hujjatlardagi imzoni tekshirish: mazkur platforma elektron hujjat almashinuvi dalolatnomasini tekshirish imkonini beradi, ko‘chirmaning elektron variantini shakllantiradi;

·        Jo‘natmalar tezligini tekshirish: Siz hujjatlaringiz qayta ishlanishi bosqichlarini kuzatib turishingiz mumkin;

·        Saqlash va xavfsizlik: elektron hujjatlar maxsus shifrlangan kanal orqali yetkazib beriladi va bu ularning o‘zga qo‘llarga o‘tishi yoki ma'lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilishidan saqlaydi;

·        Integratsiyalashuv imkoniyati: mazkur tizim har qanday buxgalteriya tizimiga integratsiya qilib beriladi. Shuningdek, 1C tizimiga plugin ham yo‘lga qo‘yilgan;

·        Hisob-fakturalarni qidirish: Siz filtrdan foydalanib yoki ma'lum kalit so‘zni kiritish orqali o‘zingizga tegishli hujjatni bir lahzada topa olasiz;

·        Qulaylik: hujjatlar yong‘in, suv bosishi kabi ofatlardan ishonchli himoyalanish bilan birga, javonlarda joy egallab turmaydi va ularni titkilab vaqt yo‘qotilmaydi;

·        24/7- onlayn qo‘llab-quvvatlash: Netdoc yo‘lga qo‘ygan Call-center Sizni qiziqtirgan har qanday savollarga tezkorlik bilan javob beradi. Quyidagi raqam orqali tunu-kun qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +998 78 122 99 07.

Tizimning afzalliklaridan yana biri undan foydalanuvchi o‘z idorasida bo‘lmay, istagan joyidan turib ishlashi mumkin. Eng muhimi, an'anaviy hujjat almashinuviga nisbatan ancha mablag‘ va vaqt tejaladi.

Masofadan ishlash, o‘zaro yaqinlashmaslik zaruratga aylangan karantin kunlarida bu uslubda ishlash ahamiyati yanada oshadi. Qolaversa, ushbu tizimdan foydalanish 2020 yilning 1 iyuliga qadar mutlaqo bepul amalga oshiriladi!

To‘liq ma'lumot netdoc.uz saytida.

Reklama huquqi asosida.

Top