16:03 / 17.04.2020
50361
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 1400ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 10 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«17 aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 kishiga oshib, 1390 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.

O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi.

Shu vaqtgacha 140 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top