23:14 / 17.04.2020
54955
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1400dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 15 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 17 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1405 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.

O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi. 17 aprel kuni zararlanish holatlari soni 56taga oshdi.

Shu vaqtgacha 156 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.

Top