15:30 / 17.04.2020
21924

O‘zbekistonga 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisi kelyapti 

15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassislaridan iborat guruh koronavirus bilan kurashda o‘zbek xalqiga yordam beradi 

Foto: Videodan kadr

Bugun, 17 aprel kuni xitoylik mutaxassislar guruhi O‘zbekistonga yo‘l oldi. Bu haqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassislaridan iborat guruh COVID-19 koronavirusi bilan kurashda o‘zbek xalqiga yordam beradi.

 
O‘zbekistonga 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisi kelyapti

O‘zbekistonga 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisi kelyapti 👉 https://kun.uz/83111433

Posted by Kun.uz on Friday, April 17, 2020

Avvalroq, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov xitoylik shifokorlarning O‘zbekistonga kelishi haqida gapirgandi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalaga bevosita prezident e'tibor qaratgan. Bosh vazir muzokaralar olib borgan. 

“Maxsus samolyotda xitoylik mutaxassislar olib kelinib, davolanish usullarini ko‘rib chiqish, bamaslahat keyingi choralar rejasini tuzish mo‘ljallangan”, - degandi Nurmat Otabekov Kun.uz’ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 17 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1380 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top