13:17 / 17.04.2020
7144

Toshkent viloyatida nafaqaxo‘rlarga qo‘l ko‘targan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020 yil 12 aprel soat 23:30da muqaddam bir necha marotaba sudlangan 28 yoshli X.X. mast holda Nurafshon shahar Navro‘z mahallasida yashovchi 88 yoshli Z.A.ning xonadoniga deraza orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u mehmonxonadagi shkaflarini ochib moddiy qimmatliklarni qidirayotgan vaqtida Z.A. bu harakatlarini sezib qolganida X.X. qo‘llari bilan Z.A.ning bosh qismiga urib, oyoqlari bilan tepib, uning turmush o‘rtog‘i 85 yoshli M.A.ga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, tokchada turgan qaychi bilan uning qo‘llarini kesib, tan-jarohati yetkazgan.

Hodisa joyidan 3 dona barmoq izlari, bir dona qaychi, X. X.ga tegishli bo‘lgan qora rangli qishki kepka, oyoq izlari, qon surtmalari tegishli tartibda olingan.

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Top