10:50 / 17.04.2020
2567
Yilning dastlabki uch oyida benzin ishlab chiqarish ko‘paygan - Statqo‘m

2019 yilning shu davrida 244,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 282,7 ming tonna 

Foto: Getty Images

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-mart oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning shu davrida 244,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 282,7 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida pasayish kuzatildi. 2019 yilda 267,4 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 254,5 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020 yil yanvar-mart oylarida neft qazib olishni 2019 yilning shu davriga nisbatan (174,7 ming tonna) qisqartirdi - 172,0 ming tonnagacha.

2020 yil yanvar-mart oylarida tabiiy gaz qazib olish 13,07 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (14,1 milliard kub metr).

2020 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 383,6 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning shu davriga kam (404,2 ming tonna).

Top