22:49 / 18.04.2020
21089

Muborak tumani hokimi ishdan olindi

​​​​​​​Bugun, 18 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hokimi G‘ayrat Jovliyev lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Tuman hokimini ishdan olish to‘g‘risidagi qaror Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev ishtirokidagi yig‘ilishda e'lon qilingan.

G‘ayrat Jovliyev

Jovliyev aynan qaysi sababga ko‘ra ishdan olingani ma'lum qilinmagan.

Muborak tumani hokimi vazifasini bajarish shu vaqtgacha tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Sadriddin Narziyev zimmasiga yuklangan.

Muborak tumani sobiq hokimi G‘ayrat Jovliyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atining qarorini bajarmasdan, qaror ustidan yuqori lavozimli organlar rahbarlari nomiga shikoyat arizasi yuborgani haqida maqola e'lon qilingan edi.

14 aprel kuni Muborakda shifokorlar karantin tartibi amal qilayotganiga qaramay, to‘y o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng bu haqda xabar bergan tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Zafar Jo‘rayev yolg‘on axborot tarqatishda ayblangan edi.

Bundan avvalroq Qashqadaryo viloyatining yana bir tumanida hokim o‘zgargandi. G‘uzor tumani hokimi Sa'dulla Boboqulov internetda tarqalgan audioyozuv ortidan ishdan ketgandi.

Mavzuga oid
Top