16:06 / 18.04.2020
19877
Oqdaryo tumani sobiq hokimi Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari bo‘ldi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida yana bir lavozim o‘zgarishi tasdiqlandi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, pensiya yoshiga to‘lganligi bois viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdumajid Alibekovich Nurqulov o‘z lavozimidan ozod etilib, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazildi.

Abdumajid Nurqulov va Abilov Feruz

Shu kunga qadar Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Abilov Feruz Ne'matullayevich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu o‘zgarishlar ayni paytda viloyat hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Avvalroq, Oqdaryo tumanida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Najmiddin Sulaymonov Oqdaryo tumani hokim etib tasdiqlangan edi. Bugunning o‘zida Jomboy tumaniga ham Qayum Sobirov hokim etib tasdiqlangan edi.

Top