10:08 / 18.04.2020
45702
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1450 nafarga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 45 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

“2020 yil 18 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1450 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.

O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi. 18 aprel kuni zararlanish holatlari soni 45taga oshdi.

Shu vaqtgacha 156 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top