16:00 / 18.04.2020
7791
Putin bilan ko‘rishgan shifokor koronavirusdan tuzaldi

Moskvadagi Kommunarka kasalxonasi bosh shifokori Denis Protsenko Putin bilan ko‘rishgandan so‘ng mashhur bo‘lib ketgandi. Putin 24 mart kuni Kommunarka kasalxonasida koronavirus yuqtirgan bemorlarning holidan xabar olgan va unga hamrohlik qilgan Protsenko bilan qo‘l berib ko‘rishgandi.

Foto: Getty Images

30 mart kuni Rossiya prezidenti bilan qo‘l berib ko‘rishgan Denis Protsenkoning qonida koronavirus aniqlandi. Shu kundan boshlab Vladimir Putin doimiy nazorat ostida masofadan ishlashga o‘tdi. Kommunarka kasalxonasida esa xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Ma'lum bo‘lishicha, Putin bilan ko‘rishgan shifokor Denis Protsenko koronavirusdan tuzalgan. «Ikki marta manfiy test, izolyatsiya tugadi, to‘liq ish kuniga o‘tdim. Qizil hududdan qaytgach, batafsil gapirib beraman», deb yozgan shifokor feysbukdagi sahifasida.

Moskvadagi Kommunarka kasalxonasi Rossiyada koronavirus aniqlangan ilk bemorlarni qabul qilgandi. Kasalxona bosh shifokori Denis Protsenko o‘zida koronavirus aniqlanganidan keyin ham izolyatsiya qilingan holatda ishlashda davom etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top