17:55 / 18.04.2020
7402
Putin koronavirusga qarshi kurashga armiyani jalb etishni ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Putin koronavirusga qarshi kurashishga qurolli kuchlarni jalb etish to‘g‘risida 13 aprelda gapirib o‘tgandi.

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vazirligiga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun qurolli kuchlarning maxsus kuchlari va vositalarini jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.

Takliflar 22 aprelgacha taqdim etilishi lozim.

Putin koronavirusga qarshi kurashishga qurolli kuchlarni jalb etish to‘g‘risida 13 aprelda gapirib o‘tgandi.

«Barcha imkoniyatlar, jumladan Rossiya mudofaa vazirligi imkoniyatlari agarda zarur bo‘lsa, albatta ishga solinishi mumkin degandi u. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 36,8 ming kishiga yetgan. Bir sutka davomida 4,7 ming kishida koronavirus aniqlangan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top