12:28 / 18.04.2020
61586
Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangan 

Institut bugungi kunda karantinga yopilgan

Foto: tsdi.uz

Bugun, 18 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi. 

Brifingda ma'lum qilinishicha, Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabarida aytilishicha, shu bois institut bugungi kunda karantinga yopilgan.

2020 yil 18 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1450 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.

O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi. 18 aprel kuni zararlanish holatlari soni 45taga oshdi.

Shu vaqtgacha 156 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top