07:49 / 18.04.2020
22677
Yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llari yoki bekor qilish masalasi muhokama qilinmoqda - XTV

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan umumta'lim muassasalarining 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yoki bekor qilish bo‘yicha savollar berilmoqda, deb yozadi Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi.

Bildirilishicha, Xalq ta'limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llari yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.

Ishlab chiqilgan takliflar Maxsus hukumat komissiyasi muhokamasiga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini o‘z kanallari orqali ma'lum qilishi aytilgan.

“Shu o‘rinda, o‘quvchilar “Onlayn maktab” kanallarida namoyish etilayotgan televizion darslar orqali bilim olishni davom ettirishlarini tavsiya etamiz”, - deyiladi xabarda.

Top