06:50 / 19.04.2020
7306
2 oy dengizda sarson bo‘lgan yuzlab rohingya qochqinlari qutqarildi

Bangladeshni qayiqlarda tark etgan 400 ga yaqin rohingya qochqinlari dengizda qutqarildi. Bangladesh sohil qo‘riqlash xizmatiga ko‘ra, sayohat davomida 32 kishi xalok bo‘lgan.

Fevral oyi o‘rtalarida, asosan, ayollar va bolalardan iborat yirik guruh baliqchilik kemasida Bengal bo‘g‘ozini tark etgan. Bu haqda Bangladesh sohil qo‘riqlash xizmati rasmiy vakili Hamid Islom CNN telekanaliga ma'lum qilgan. Ularning maqsadi Malayziyaga yetib olish bo‘lgan, biroq muvaffaqiyatsiz sayohatdan so‘ng, ortga qaytgan. 

Kamida 32 kishi hayotdan ko‘z yumgan va ularning jasadlari dengizga tashlab yuborilgan. Qutqarilganlar ushbu holatni tasdiqlashgan. O‘limga turli hodisalar sabab bo‘lgan. Ayrimlar taom yetarli bo‘lmaganligidan, boshqalar turli xil kasalliklar bois, hayotdan ko‘z yumgan. 

Top