19:31 / 19.04.2020
34557

«Jarimalar ko‘payib ketdi». Bakirov va Xidirov ijtimoiy masalalarga munosabat bildirdi 

Bloger Otabek Bakirov karantin davrida jarimalar haddan ziyod ko‘payib ketganiga munosabat bildirdi. Uning fikricha, masalan, tomorqadan maqsadli foydalanmagani uchun ma'muriy javobgarlik masalasi ko‘tarilyapti. 

16 aprel kuni Kun.uz'ga intervyu bergan taniqli blogerlar Qobil Xidirov (davletovuz) va Otabek Bakirov (bakiroo) pandemiya hamda iqtisodiy inqiroz davrida yuz berayotgan o‘zgarishlar shaxsiy mulohaza, tanqidlarini bildirgan. 

 
«Jarimalar ko‘payib ketdi». Bakirov va Xidirov ijtimoiy masalalarga munosabat bildirdi

«Jarimalar ko‘payib ketdi». Bakirov va Xidirov ijtimoiy masalalarga munosabat bildirdi 👉 https://kun.uz/50401072

Posted by Kun.uz on Sunday, April 19, 2020

Bakirovning qayd etishicha, bu davrda taqiqlardan tashqari, jarimalar ko‘payib ketgan. 

«Oxirgi paytda tomorqadan maqsadli foydalanmagani uchun, masalan, sabzavot ekmagani uchun, ma'muriy javobgarlik masalasi ko‘tarilyapti. Odamlarga buni qanday tushuntirish kerak? Kelinglar, jazolash bilan hech nimaga erishmaymiz. Odamlarga aytish kerakki: «o‘rtoqlar, yil og‘ir, qish og‘ir keladi, tomorqangiz bor ekan - sizning baxtingiz, imkoniyatingiz».  Ertaga hech kim sizga yordam bermaydi, tomorqangizdan chiqqan sabzavot, yem va bug‘doy sizga yordam bo‘ladi, degan ma'noda tushuntirish qayerda-yu, tomorqaga kim sabzavot ekmasa jarimaga solamiz, odamlar dangasa bo‘lib ketdi, degan gaplar qayerda?» , - deydi u.

Uning aytishicha, xalqqa xalq tushunadigan tilda gapirish kerak, jarima va diktat tili bilan emas. Shuningdek, odamlar o‘z hisobini bilmay, xarajatlar qilishda davom etayotgani ta'kidlandi. Ularga hech kim karantindan keyin ahvolimiz birdan yaxshilanmasligi haqida gapirmagan, deya fikr aytdi Bakirov. 

Suhbat davomida ushbu masalaga to‘xtalgan bloger Qobil Xidirov jarimalar aholi daromadiga nisbatan juda ko‘p ekanini tanqid qildi.

«Har qanday jazo chorasining qo‘llashdan maqsad oqibat tarbiya bo‘lishi kerak. Lekin bizda jarimalarning ko‘proq qo‘rquvga sababligi ularning aholi daromadiga nisbatan otning kallasiday kattaligidir. Bu tarbiyalashdan ko‘ra, qo‘rquv olib keladi. Hukumat qo‘rqitish yo‘li bilan aholini niqob taqishga o‘rgatdi. Aslida tomorqadan samarali foydalanmagani uchun sanksiyalar avvaldan bor, shuni yana kuchaytirib, jarimani oshirish foyda beradimi?», - dedi u.

Xidirov jarimani qo‘llash mexanizmini ham savolga tutdi: tomorqadan samarali foydalanilmayotganini qanday o‘rganiladi?

«Bundan samara yana bir ikki kishini aybdor qilib, televideniye orqali sharmanda qilishmi? Shu bilan odamlarni tarbiyalashmi? Insoniyat shu paytgacha mehnat taqsimotiga amal qilgan. Lekin hamma tovuq boqishga majburmi? Katta baxtimiz haligacha 60 foizdan ortiq aholi qishloq joylarda yashaydi. Ha, hukumatning dili og‘riyapti, oziq-ovqat xavfsizligi haqida qayg‘uryapti. Ammo bu to‘g‘rimi?», - deya qo‘shimcha qildi u.

Suhbatni to‘liq formatda Youtube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top