23:14 / 19.04.2020
46288
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1565taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 22 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 19 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1565 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.

O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi.

18 aprel kuni zararlanish holatlari soni 85taga oshgandi. 19 aprel kuni o‘sish 75taga teng bo‘ldi.

Shu vaqtgacha 225 kishi kasallikdan sog‘aydi, 5 kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top