18:51 / 20.04.2020
6537
2020–2025 yillarda ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi - Hukumat qarori

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» hukumat qarori qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qaror bilan 2020–2025 yillarda ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi Nizom, 2020–2022 yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy uskunalar, anjomlar, inventar va boshqa vositalar bilan jihozlash dasturi, agentlik huzuridagi vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlangan.

Tasdiqlangan konsepsiyaga ko‘ra, ijod maktablari o‘quvchilarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • O‘zbek va dunyo adabiyotining eng sara 50 ta asarlarini o‘qishi;
  • Bir yilda kamida 50 ta she'r yod olishi;
  • O‘zbek va dunyo kinematografiyasining 100 ta eng yaxshi namunasini tomosha qilishi;
  • O‘zbek va dunyo tasviriy san'atining 100 ta eng yetuk asari bilan tanishishi;
  • O‘zbek va dunyo mumtoz musiqasining 100 ta eng mukammal asarini tinglashi zarur.
Top