21:05 / 20.04.2020
15087
Bill Geyts koronavirus haqidagi fitnalar nazariyasining yangi “qurboni”ga aylandi -  NYT

Microsoft kompaniyasi asoschisi, amerikalik milliarder Bill Geyts koronavirusning paydo bo‘lishi haqidagi taxminlarning “bosh qahramoni”ga aylandi. Ushbu taxminlarga ko‘ra, u “koronavirus yaratuvchisi” hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Bunday xulosaga The New York Times (NYT) nashri va Zignal Labs birgalikda olib borgan tadqiqotda kelingan.

Taxminlarga ko‘ra, Bill Geyts virusni undan vaksina yaratish ortida yanada boyish yoki dunyoda global videokuzatuv tizimini o‘rnatish maqsadida yaratgan.

Bunday to‘xtamga kelinishiga Geytsning 2015 yildagi nutqi birinchi sabab hisoblanadi. Milliarder o‘z nutqida insoniyat uchun kelajakda bosh xavf yadro urushi emas, balki  global pandemiya bo‘lishidan ogohlantirgan. Bu nutq videosi oxirgi haftalarda YouTube’da 25 mln martadan ko‘proq ko‘rilgan. 

Bundan tashqari, fevral boshidan televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda Geyst koronavirusga aloqadorlik bilan bog‘liq holda 1,2 mln martadan ko‘proq tilga olingan. Bu esa koronavirus bilan bog‘liq eng keng tarqalgan 2-raqamli taxmin – koronavirus 5G tarmoqlarining zararini yashirish maqsadida o‘ylab topilgani haqidagi taxmindan 33 foiz ko‘proqni tashkil qiladi. 

Nashrda ta'kidlanishicha, Geytsga bu boradagi hujumlar u tvitterda AQSh prezidenti Donald Trampni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatish qarori uchun tanqid qilgandan keyin boshlangan.

“JSST koronavirus tarqalishini sekinlashtirmoqda va uning ishi to‘xtab qolsa, dunyodagi birorta boshqa tashkilot uning o‘rnini bosolmaydi”, deb yozgan milliarder o‘z tvitida.

Geytsning o‘zi yuqoridagi ayblovlarga izoh berishdan bosh tortgan. Milliarderning Bill & Melinda Gates xayriya jamg‘armasi rahbari Mark Suzman uni qiyin vaqtda birlashib, odamlar hayotini qutqarish o‘rniga uydirmalar tarqatuvchi odamlar ranjitishini aytgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top