20:31 / 20.04.2020
8037

Eronda karantin choralari yumshatilmoqda

Shu bilan birga, qayd etilishicha, restoranlar, sport zallari va boshqa jamoat muassasalari hozircha ochilmaydi. Masjid va boshqa diniy obektlar ham yopiqligicha qoladi.

Foto: AP

Eronda dushanbadan boshlab xalqaro avtomagistrallar ochilmoqda, bundan tashqari, karantin choralari yumshatilishi doirasida yirik savdo markazlari o‘z ishini boshladi. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, lyuks toifasidagi savdo markazlari va bozorlar ochilgan. Ammo savdo markazlari faqat 18:00gacha ishlaydi.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, restoranlar, sport zallari va boshqa jamoat muassasalari hozircha ochilmaydi. Masjid va boshqa diniy obektlar ham yopiqligicha qoladi.

Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy masjid va maqbaralar 4 maydan ochilishi mumkinligini aytgandi.  

Agentlikning eslatishicha, Eron hukumati avvalroq keng miqyosdagi izolyatsiya rejimini joriy etishni istamagan. Hukumatning izohlashicha, mamlakat AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgani uchun karantin choralarining iqtisodiyotga ta'sirini hisobga olish lozim. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 82211 ta holat qayd etilgan, 5118 kishi vafot etgan, 57023 nafar kishi sog‘aygan.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top