17:50 / 20.04.2020
14191
Neft keyingi 22 yildagi eng arzon narxga tushdi

Dunyo energetikasi uchun eng muhim xomashyo bo‘lgan neft talab kamligi sabab arzonlab ketdi.

Foto: AP/Rich Pedroncelli

WTI rusumidagi neftning bir barreli narxi keyingi 22 yil ichida ilk bor 11 dollardan pastga tushdi.

Birja savdolarida WTI narxi 40,5 foizga arzonlashib, bir barreli 10,87 dollarni tashkil etdi. 

Brent rusumidagi neft narxi esa 6,2 foizga tushib, bir barreli 26,4 dollarga teng bo‘ldi.

Koronavirus pandemiyasi ortidan jahon bozorida turli xomashyolarga bo‘lgan talab keskin kamaydi. Dunyo energetikasi uchun eng muhim xomashyo bo‘lgan neft ham talab kamligi sabab arzonlab ketdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top