17:13 / 20.04.2020
12362
Reklama

«O‘zbekiston pochtasi»dan zamonaviy, ilg‘or va xavfsiz xizmatlar!

Foto: O‘zbekiston pochtasi

Pandemiya davrida o‘rnatilgan cheklovlar sabab yetkazib berish xizmatlariga ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Mablag‘ zarur bo‘lganda esa eng maqbul yechim bank plastik kartalari bo‘lib qolmoqda. «O‘zbekiston pochtasi» mana shunday qiyin sharoitlarda zamonaviy, ilg‘or va xavfsiz xizmatlar orqali aholiga ko‘mak berib kelmoqda.

«O‘zbekiston pochtasi» ayni vaqtda «Aloqabank» mijozlarning onlayn arizalari asosida Humo va Uzcard plastik kartalarini manzillariga yetkazib bermoqda. Bularning barchasi oddiy: mijoz bankning rasmiy sayti yoki telegram bot orqali onlayn ariza beradi. «O‘zbekiston pochtasi» esa ko‘rsatib o‘tilgan manzilga konvertga solingan kartalarni xavfsiz ko‘rinishda yetkazib beradi.

Yetkazib berish mutlaqo bepul. Karta uchun to‘lov  kartadagi mablag‘lardan (balansdan) yechib olinadi. Plastik kartalar hududiga qarab 3 kundan 7 kungacha bo‘lgan vaqtda yetkazib beriladi.

«O‘zbekiston pochtasi» hozirgacha 300 dan ortiq kartalarni xuddi shu tartibda tarqatishga ulgurdi. Karantin davrida uydan chiqmasdan, yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin. Asosiysi, bu juda qulay va oson, eng muhimi mutlaqo xavfsiz.

Reklama huquqi asosida

Top