08:06 / 20.04.2020
4298
Oziq-ovqat do‘konlari faoliyatini cheklash choralari joriy etilmagan - DSQ

O‘zbekistonda oziq-ovqat do‘konlari faoliyatini cheklash choralari joriy etilmagan. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Nazarov aytib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Bildirilishicha, mamlakatda oziq-ovqat do‘konlari faoliyati soat 19:00dan keyin yopilishi shartligi bo‘yicha cheklovlar joriy etilmagan.

“Respublika maxsus komissiyasining bugungi kunga qadar o‘tkazilgan yig‘ilishlarida oziq-ovqat do‘konlari faoliyatini cheklash nazarda tutilmagan. 

Tadbirkorlik sub'yektlari ish rejimlarini mustaqil belgilash huquqiga ega va balki shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan do‘konlarni odatdagi vaqtdan biroz erta tugatayotgan bo‘lishi mumkin”, - deydi M.Nazarov.

Bundan oldin, karantin tufayli soliq tushumlari qanchaga kamaygani ma'lum bo‘lgandi

Top