10:30 / 20.04.2020
50013
Tashkil etilgan postlarda nega qurollangan harbiylar turibdi? IIV holatga izoh berdi

Ichki ishlar vazirligi vakili bu holatni normal qabul qilishni maslahat bergan

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov Toshkent va boshqa hududlarda tashkil etilgan postlarda nega qurollangan harbiylar turganini tushuntirdi.

“Ushbu zarurat, respublikamiz hududida koronavirus pandemiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatda avvalo, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash va mazkur kasallikning mamlakatimiz bo‘ylab keng tarqalib ketishini oldini olish hamda nazoratdan chiqmaslikni ta'minlash maqsadida belgilangan chora-tadbirlardan biridir”, - dedi u.

Ichki ishlar vazirligi vakili bu holatni normal qabul qilishni hamda belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq rioya etgan holda, o‘zingiz va oilangiz xavfsizligi nuqtai nazaridan yondashishingizni maslahat bergan.

Bundan oldin, karantin vaqtida jazoni o‘tish muddati tugagan mahkumlarni ozodlikka chiqarish kechiktirilmasligi xabar qilingandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top