10:48 / 20.04.2020
15625
Toshkentda «stiker»larni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi   

Toshkentda avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi “stiker”larni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi   

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tib, ulgurji savdo turiga ega bo‘lgan “D.F.” MChJ mansabdor shaxslari mansab vakolatlarini suiiste'mol qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, ular karantin qoidalariga zid ravishda 7 nafar shaxsni ishga qabul qilish haqida buyruqlarni rasmiylashtirib, Davlat xizmatlari markazidan karantin davrida avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy olishga erishganligi aniqlangan.

Shu kabi, 9 ta mas'uliyati cheklangan jamiyati mansabdor shaxslari jami 18 ta holatda stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan 2020 yil 17 aprel kuni Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 192-11, 257-1 va 228-moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top