19:36 / 21.04.2020
3330

AQShda neft-gaz kompaniyalariga yordam berish rejasi ishlab chiqilmoqda

Dushanba kuni AQShning WTI neftining bir barreli narxi tarixda ilk marta -40 (minus) dollargacha tushib ketdi.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp energetika va moliya vazirligiga mamlakat neft-gaz kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash rejasini ishlab chiqishni topshirganini ma'lum qildi.

"Biz Amerikaning buyuk neft-gaz sanoatini hech qachon tashlab qo‘ymaymiz. Men energetika va moliya vazirligiga bu muhim kompaniyalar va ish o‘rinlari uzoq vaqt davomida ta'minlanishi uchun reja ishlab chiqish topshirig‘ini berdim", - deb yozdi Tramp Twitter akkauntida.

Dushanba kuni AQShning WTI neftining bir barreli narxi tarixda ilk marta -40 (minus) dollargacha tushib ketdi. Bu neftga bo‘lgan talabning kamligi va AQShdagi neft omborlarining to‘lib ketganligi sababli yuz berdi.

Mart oyidan buyon AQShning yirik omborlarida neft 50 foizgacha ko‘paydi.

Ekspertlarning aytishicha, Moskva va Ar-Riyodning uzoq vaqt davom etgan «narx urushi»dan so‘ng muzokaraga kelgani, shuningdek OPeK+ kelishuvi narxning barqarorlashuvi uchun yetarli bo‘lmadi. Tashkilot a'zolari kunlik qazib olish hajmini 9,7 million barrelgacha kamaytirishga kelishgandi. 

O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni va Rossiya kunlik qazib olishni may-iyun oylarida 2,5 million barrelga kamaytirish bo‘yicha bir qarorga kelgandi. Biroq bu choralar samara bermayapti. Ekspertlarga ko‘ra, qazib olishni yanada kattaroq miqdorda kamaytirish kerak, chunki omborlar to‘lib ketgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top