13:00 / 21.04.2020
7018
ERIELL Group kompaniyasining global pandemiya davridagi faoliyati

O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari va tashkilotlari qatorida ERIELL Group ham koronavirus infeksiyasining o‘zi faoliyat olib borayotgan hududda tarqalmasligi va shu orqali oldiga qo‘ygan vazifalarni muvaffaqiyatli uddalash bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Foto: ERIELL Group

Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan koronavirus tufayli COVID-19 kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar rejasiga muvofiq, kompaniyamiz tomonidan ESG («Ekologik, ijtimoiy va boshqaruv» tamoyillari) konsepsiyasi asosida qat'iy amal qilinuvchi «Koronavirus infeksiyasining ofis va obektlarda tarqalishining oldini olish bo‘yicha sanitar-epidemik va profilaktik-tushuntiruv jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi tashkiliy ishlar kompleksi» ishlab chiqildi.

Bugungi kunga qadar ofislar va ishlab chiqarish ob'yeklarini profilaktik tozalash ishlari uchun kvars lampalari, individual himoya vositalari, kimyoviy moddalar, zaxira uchun dori-darmonlar bilan ta'minlash jarayoni davom etmoqda. Shu bilan bir paytda ish joylariga kirishda kuchaytirilgan nazorat rejimi, termometriya punktlari, qo‘llarni dezinfeksiyalash uchun qo‘shimcha stansiyalar yo‘lga qo‘yilgan. Xodimlar bilan doimiy asosda profilaktik-tushuntiruv ishlari olib borilmoqda, tibbiy punktlar uzluksiz ishlamoqda.

Profilaktika jarayonining amaldagi talablarga muvofiq va zamonaviy tarzda yo‘lga qo‘yilgani koronavirus infeksiyasiga chalinish ehtimolini kamaytirish, ishni sifatli tashkil etish va xodimlar ishchanlik faoliyatini oshirib borish imkonini beradi.

Bunday sharoitda «ERIELL Group» kompaniyasi «O‘zbekneftegaz» AJ bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi aholisi manfaatlarini ko‘zlagan holda tabiiy gaz, gazokondensat va neft qazib olishga yo‘naltirilgan qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, joriy yilning 4 aprelida «O‘zbekneftegaz» AJ bilan birgalikda Mubarak neftgaz qazib olish hududida «Uzunshor» konidagi №12-raqamli gazokondensat qudug‘i rejadan 26 sutka avval foydalanishga topshirilgani bunga yorqin misol bo‘la oladi. Bu quduq orqali sutkali debiti 468,8 ming m³ bo‘lgan sanoat gaz oqimi olishga erishildi.

O‘tgan davr mobaynida «ERIELL Group» 78 ta quduq burg‘uladi (umumiy uzunligi 100 239 metr), 4 gazo‘tkazgich qurdi va foydalanishga topshirdi. Ular «UKPG Arslon – 47 km g/p Sharqiy Berdax-Buxoro-Ural», «BVN Hojixayram – BVN Yangi Qizilrabot», «SP-1 Sho‘rtan – UPPG-1 Sho‘rtan», «SP-2 Sho‘rtan – UPPG-1 Sho‘rtan» kabilardir (gaz o‘tkazgich-shleyf larning umumiy uzunligi 42,183 km). Bundan tashqari, 47 quduq kapital ta'mirlandi, 24 quduq o‘zlashtirish jarayonida.

Innovatsion texnologiyalar qo‘llash bilan birga o‘z xodimlarining mehnat xavfsizligini ta'minlayotgan kompaniya tabiiy gazning milliardlab kubometrlarini hamda yuz minglab tonna kondensat va neftni hosil qilayotgan uglevodorod xomashyosi qazib olish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan vazifalarini sharaf bilan ado etishda davom etadi.

ERIELL Group Matbuot xizmati

Top