22:17 / 21.04.2020
13991

Mavsumiy allergiyani koronavirusdan qanday farqlash mumkinligi ma'lum qilindi 

Mavsumiy allergiya va koronavirusda o‘xshash alomatlar bor, biroq ularni farqlash mumkin.

Foto: Getty Images

Bu haqda Britaniya umumiy amaliyot shifokorlarining qirollik kolleji professori Martin Marshall so‘zlab berdi.

Allergiyaning asosiy alomatlari – tumov yoki burun bitishi, aksirish, ko‘z yoshlanishi, ba'zida yo‘tal hisoblanadi. Bu alomatlar ob-havo yoki kunning qismiga qarab kuchayishi yoki sustlashishi mumkin. Misol uchun, kunduzi va kechasi gul changlari odatda ko‘proq bo‘ladi va inson o‘zini ertalabga qaraganda yomonroq his qilishi, yog‘ingarchilikda esa alomatlar kuchsizlanishi mumkin.

Koronavirus esa yuqori tana harorati va to‘xtovsiz yo‘tal bilan farqlanib, bu alomatlar tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu holatda shifokor chaqirtirib, o‘zini izolyatsiya qilish lozim.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top