10:47 / 21.04.2020
4400
Noutbuk sumkasiga yashirilgan opiy fosh qilindi

Avtomashina salonidagi noutbuk sumkasida polietilen  paketga o‘ralgan 202,7 gr.“opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi muntazam kurash olib borilmoqda – deya ma'lumot beriladi Bojxona qo‘mitasi xabarida.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida Chilonzor tumanida harakatlanib ketayotgan fuqaro S.S. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina salonidagi noutbuk sumkasida polietilen  paketga o‘ralgan 202,7 gr.“opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. 
Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash olib borilayotgan sinovli kunlarda, ushbu shaxs qonun-qoidalarni mensimasdan avtomashinani noqonuniy ravishda boshqarib, jinoyat sodir etganligi achinarlidir. 

“Qilmish-qidirmish” deganlaridek, endi ushbu shaxs o‘z qing‘irliklari uchun qonun oldida javob beradi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top