14:04 / 21.04.2020
25000
«O‘zbekiston koronavirus bo‘yicha har qanday ssenariyga tayyor» – shtab a'zosi

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi virus tarqalishi bilan bog‘liq voqealar rivojining barcha ehtimoliy variantlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda 

Foto: «O‘zbekiston 24»

O‘zbekiston koronavirus bo‘yicha vaziyatning har qanday ssenariysiga tayyor. Bu haqida koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Habibulla Oqilovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Habibulla Oqilovga ko‘ra, virus bilan kasallanganlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi tartibli davolash o‘rinlari yetarli darajada yaratilgan. Dori-darmon, dezinfeksiya, tibbiy himoya vositalari zaxirasi yetarli.

“Virus bilan kasallanganlarni davolash uchun tibbiy personal tayyorlanmoqda. Barcha ixtisoslikdagi shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari uchun ommaviy ravishda onlayn o‘qitish olib borilmoqda. Ular koronavirus pandemiyasi sharoitida ishlash ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlanmoqda”, dedi shtab a'zosi 21 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top