10:01 / 21.04.2020
48682
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1657taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 30 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 21 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1657 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.

O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi.

20 aprel kuni koronavirusdan zararlanish holatlari soni 62taga oshdi.

Shu vaqtgacha 261 kishi kasallikdan sog‘aydi, 5 kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top