23:17 / 21.04.2020
40818
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1678taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 21 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 21 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1678 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi.

So‘nggi to‘rt kun mobaynida yangi aniqlanayotgan holatlar soni kamaymoqda. 18 aprel kuni 85 kishi, 19 aprelda 75, 20 aprelda 62 va 21 aprelda 51 kishida koronavirus tasdiqlandi.

Shu vaqtgacha 357 kishi kasallikdan sog‘aydi, 6 kishi vafot etdi.

Top