10:07 / 21.04.2020
2133
O‘zbekistonda yanvar-mart oylarida 15,4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 15,4 trln so‘m qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur'ati 2019 yilning yanvar – mart oylariga nisbatan 6,5 foizni tashkil etdi

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 37,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,9 foizga oshdi. 

Jami qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili bu bino va inshootlar qurishda o‘tgan yilga nisbatan 18,6 foizga (jami qurilishdagi ulushi 60,8 foiz), fuqarolik obektlarini qurish 10,9 foizga (jami qurilishdagi ulushi 8,5 foiz), ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 21,8 foizga (jami qurilishdagi ulushi 30,7 foiz) o‘sishidir. 

Joriy yilning yanvar-mart oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 4,2 trln so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2019 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 5,0 foizga ko‘p bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2019 yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 0,5 foiz punktga ko‘payib, 27,7 foizni tashkil etdi. 

Top