17:20 / 21.04.2020
2927
Singapurda karantin 1 iyungacha uzaytirildi

O‘tgan sutkada mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 1111 ta yangi holat aniqlangan. Koronavirusga chalinganlar soni 9125 ga yetdi.

Foto: Getty Images

Singapur hukumati mamlakatdagi umummilliy karantin muddatini 1 iyungacha uzaytirdi. Bu haqda Singapur bosh vaziri Li Syanlun ma'lum qildi. 

O‘tgan sutkada mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 1111 ta yangi holat aniqlangan. Koronavirusga chalinganlar soni 9125 ga yetdi.

Bosh vazir aksariyat holatlar umumiy yotoqxonalarda yashaydigan migrantlarda qayd etilganini aytdi. Ular ommaviy test o‘tkazish natijasida aniqlangan.

Migrantlar orasida virus ko‘payayotganining sababi shuki, ularning ishida oraliq masofani saqlash qiyin. Bundan tashqari, ular qonunga ko‘ra yotoqxonalarda yashashi kerak. U yerda esa bitta xonada 12 nafargacha odam istiqomat qiladi. 

Avvalroq karantin 4 maygacha davom etishi kutilgandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top