11:14 / 21.04.2020
8483
TIV Malayziya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga axborot bilan chiqdi

O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun mamlakatning Malayziyadagi elchixonasi huzurida tezkor shtab tashkil etilgan

Foto: AP

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, Malayziya hukumati tomonidan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 2020 yil 28 aprelgacha o‘rnatilgan harakatni cheklash rejimi davrida mazkur mamlakatga tashrif buyuradigan chet el fuqarolari uchun yangi tartib joriy etilgan. Rejim muddati Malayziya hukumatining alohida qarori bilan uzaytirilishi ham mumkin.

Mazkur tartibga ko‘ra, Malayziyaga kelayotgan barcha chet el fuqarolari o‘z hisoblaridan 150 Malayziya ringgiti (37 AQSh doll.) miqdoridagi kunlik to‘lovni amalga oshirgan holda, 14 kunlik karantindan bo‘lishlari shart.

Elchixona Malayziya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ushbu talablarni inobatga olishga va mazkur davlat hokimiyat idoralarining barcha qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.

O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun mamlakatning Malayziyadagi elchixonasi huzurida tezkor shtab tashkil etilganligi eslatib o‘tilgan.

Tel.: (+603) 4253 4406
Faks: (+603) 42535406
Mobil: (+6017) 3204414
E-mail: consul@uzbekembassy.com.my

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top