07:49 / 22.04.2020
3573
Apple aksiyalarini sotish vaqti keldi - Goldman Sachs

Tahlilchilar Apple aksiyalari narxini o‘tgan haftaning oxiriga nisbatan 233 dollarga, ya'ni 20 foizga tushirdi. Buning sababi - elektronika ishlab chiqaruvchisi mahsulotlariga talabning pasayishi, deya qayd etishdi Goldman Sachs’da.

17 fevraldan beri uchinchi marta Goldman Sachs mutaxassislari Apple kompaniyasi aksiyalari narxining pasayishini taxmin qilmoqda. Bu safar ular bir aksiya narxini 233 dollar ko‘rsatkichida belgilashdi. BI xabariga ko‘ra, bu o‘tgan payshanbadagi savdo kunining oxiridagi real narxdan 20 foizga past.

Ikkinchi chorakda Apple flagmanining savdosi 36 foizga tushadi, deya taxmin qilmoqda Goldman. Pandemiya sababli, kompaniyaning asosiy mahsuloti bo‘lgan iPhone SE budjet telefoniga yetkazib berish zanjiridagi misli ko‘rilmagan uzilishlar tahdid solmoqda. 

Fevral oyi o‘rtalarida kompaniya Xitoyda ayfonlarga talabning pasayganligi, fabrika ishining to‘xtaganligi esa ikkinchi chorakda kutilgan ko‘rsatkichlarga erishish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarganini ma'lum qildi. Bank tahlilchilari Apple’ning boshqa qurilmalari bo‘yicha ham 2020 yil davomida sotuvlar hajmi pasayishini kutmoqda.

O‘tmishdagi inqirozlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kompaniya mahsulotlarining o‘rtacha sotish narxi yaqin kelajakda keskin pasayadi va 2021 yilda o‘zgarmaydi. Daromadning pasayishi kompaniyani 5G funksiyasini keyingi ayfondan chiqarib tashlashga majbur qilishi mumkin, sababi iste'molchilarga arzonroq qurilmalar kerak bo‘ladi.

Mart oyi o‘rtalarida Apple yangi iPad Pro noutbuk-planshetini taqdim etdi. Uning asosiy xususiyati - besh metrgacha joylashgan obektlarga masofani aniq o‘lchash imkonini beradigan lidarning mavjudligi. Bu qo‘shimcha reallik bo‘yicha ilovalarning ishini yaxshilashga imkon beradi. 

Top