22:13 / 22.04.2020
7194

Eron fazoga birinchi harbiy sun'iy yo‘ldoshini chiqardi

Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi “Nur” deb atalgan harbiy sun'iy yo‘ldoshni fazoga uchirdi. 

Foto: Sepahannews

Qurilma orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi, deb xabar berdi Mehr axborot agentligi.  

Hozircha ushbu ma'lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q. Avvalroq Eronning bu boradagi urinishlari besamar ketgan.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, sun'iy yo‘ldosh “Qosid” raketasi yordamida 425 kmlik orbitaga chiqarilgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Ta'kidlanishicha, ushbu voqea Islom inqilobi muhofizlari korpusining 41 yilligiga atalgan. 

9 fevralda Eron o‘zi ishlab chiqargan sun'iy yo‘ldoshni orbitaga chiqara olmagandi. O‘shanda “Semurg‘” raketasi Yerni masofadan zondlash qurilmasi “Zafar”ni fazoga olib chiqqan, biroq u orbitaga chiqish uchun kerak bo‘lgan tezlikka erisha olmagan. 

Mavzuga oid
Top