08:36 / 22.04.2020
12967
Karantindagi fuqarolarga nimalar kiritish mumkinligi aniqlashtirildi

Karantin hududlarida 3 mahal ovqat, markazlashgan suv va oziq-ovqat berish tashkil etilgan 

AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Habibulla Oqilovning aytishicha, karantindagilarga faqat dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, bolalar ozuqasi kiritish mumkin.

“Karantin qoidalari Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra karantindagilarga faqat dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, bolalar ozuqasi kiritish mumkin. 

Salqin bo‘lganda issiq kiyim kiritish mumkin edi, havo isigani sabab endi bunga ehtiyoj yo‘q. Karantin hududlarida 3 mahal ovqat, markazlashgan suv va oziq-ovqat berish tashkil etilgan.

Bundan tashqari, badiiy adabiyotlar ham kiritish mumkin”, - deydi H. Oqilov.

Avvalroq, karantinga olinganlarni chiqarish cho‘zilib ketayotganiga izoh berilgandi.

Top